O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Fransiya Tashqi Ishlar Varligi xodimi Dian Sofy Trevu bilan uchrashuv bulib o’tdi. 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish tugrisida tomonlar o’zaro fikr almashishdi.
O’zbek-fransuz hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, hamda boshqa o’zaro qiziqarli masalalar muhokama qilindi.
Hozirgi kundagi O’zbekiston va Fransiya orasidagi ikki tomonlama hamkorlikning jadal rivojiga alohida urg’u berildi. So’nggi yillarda bir nechta investitsion hamkorlik rejalarni amalga oshirish boshlandi. Jizzax viloyatidagi “Peugeot Citroen” avtomobil ishlab chiqarish zavodining qurilishi shular jumlasidandir.