18-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti (STMI) o’rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hujjat SMTI direktori Eldor Aripov va STMI direktori Sanjar Mukanbetov tomonidan imzolandi.
Ikki mamlakat tahlil markazlari o‘rtasida o‘zaro tashriflar va muntazam ishchi aloqalarni davom ettirish, forumlar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish, nashrlar va tadqiqot ma’lumotlari bilan o’zaro almashish Memorandumda nazarda tutilgan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir.
Hujjatning imzolanishi SMTI va STMI o‘rtasidagi samarali hamkorlikka qo‘shimcha turtki berishi, ekspertlar muloqotining yanada izchil rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti joriy yilning aprel oyida Strategik tadqiqotlar instituti va Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari institutini birlashtirish yo’li bilan tashkil etilgan.