Jamiyat birligi va mamlakat rivojlanish istiqbollari kafolati

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti klubida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, shu bilan bir vaqtda Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilishining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bo'lib o'tgan bayram vaqtida so`zlagan nutqining ahamiyati va maqsadlarini o`rganish bo`yicha ma'naviy-ma'rifiy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti, Mudofaa vazirligi Markaziy bo'limi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Chirchiq oliy tank-muhandislik maktabi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Yunusobod tumani kengashi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti o'qituvchilari va kursantlari bevosita ishtirok etishdi.

"Qurolli Kuchlar – mamlakatning kelajakdagi taraqqiyoti va farovonligi, shuningdek, jamiyat barqarorligining ishonchli kafolati," mavzusidagi ma'ruzalar bilan so'zga chiqqan konferensiya qatnashchilari Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda chinakam milliy bayram sifatida nishonlanayotganligi va vatanparvarlik, vatanga sadoqat, va jasorat ruhini o`ziga singdirib, tarannum etayotganligini ta`kidlab o`tishdi. Mamlakatimiz Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondonining yo`llagan tabrigida, mamlakatning mudofaa salohiyatini izchil mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish shuningdek, harbiy tayyorgarlik sohasi uchun ko'plab dolzarb masalalar tilga olingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti bo'limi boshlig'I Bahrom Sotiboldiev va TATU maxsus fakulteti bo'lim boshlig'I vazifasini bajaruvchi podpolkovnik Aleksandr Kostinning so'zlagan nutqlari taqdimotchilarning katta qiziqishlariga sabab bo`ldi.

Seminar davomida ular O'zbekiston mudofaa sanoati uchun harbiy olimlarni sifatli o'qitishni ta'minlash bo'yicha o'zaro taklif almashdilar.

Qurolli kuchlar xodimlari G.Hoshimova va D.Xusanova hamda konferensiyaning boshqa ishtirokchilari nutqlarida harbiy xizmatchilarni, ularning oilalari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar qayd etildi. Bundan tashqari, o`sib kelayotgan yosh avlod ongida vatan taqdiri uchun qat'iy hayotiy pozitsiyani va mas'uliyatni shakllantirish, mamlakatimizda yaratilgan noyob vatanparvarlik tizimini yanada takomillashtirish va vatanparvarlik ruhini aholining keng qatlamlarini qamrab olishini ta`minlash zarurligi ta'kidlandi.

Muhokamani yakunlagan barcha konferensiya ishtirokchilari Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini yanada oshirish mamlakat rahbariyatining diqqat markazida muhim o`rin tutib qolayotganligini bir ovozdan ta'kidladilar.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida olib borilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida milliy armiyamiz jamiyatimizning ajralmas bo`g`iniga aylandi, mamlakat barqarorligi va farovonligining kafolati, yoshlarni va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim instituti bo`lib qoldi.