O‘zbekiston Bosh vaziri Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

O‘zbekiston hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.

Mamlakatimiz Bosh vazirining matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Manba