Tashrif dasturida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadilar.