O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ekanini qayd etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobod shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor sohalarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Manba