Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Garet Beyli bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish hamda bevosita afg‘onlararo muzokaralarni tezroq boshlash borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni xavfsizlik, tinchlik, barqaror rivojlanish va umumiy taraqqiyot makoniga aylantirish tashabbusini yuqori baholadi, bu esa mintaqaviy hamkorlikni, jumladan, afg‘on inqirozini hal etishga ko‘maklashishi qayd etildi.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Afg‘oniston masalasi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik izhor etildi.

Manba