Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi majlisda ishtirok etib, nutq so‘zladi. Mintaqamiz mamlakatlari va YEI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv ham o‘tkazildi.

Ostona xalqaro aeroportida Prezidentimizni Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Manba