O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ldi.
13-oktabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
14-oktabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham bo‘lib o‘tdi.
Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qo‘ydi.
Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.