Shavkat Mirziyoyev Xorazmga ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrifdan asosiy maqsad - islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash.

Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.

Manba