O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
Umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) – davlat ilmiy-tadqiqot muassasadir. Institut 1992 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan.
SMTIning asosiy missiyasi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Asosiy tadqiqot yo‘nalishlari
Institut axborot-tahliliy va ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
- O‘zbekistonning ichki xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning dolzarb masalalari;
- Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari, mintaqa mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish rivojlanitirish istiqbollari;
- xalqaro xavfsizlik va global rivojlanishning joriy tendensiyalari, O‘zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlikni istiqbollari.
Institut faoliyati
SMTI o‘z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
- tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro anjumanlar, mavzuli «davra suhbatlari» va ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish;
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati yo‘nalishlariga oid davlat dasturlari, konseptual hujjatlar va qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari, ilmiy-tadqiqot, tahliliy institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish;
- O‘zbekistonda akkredatatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, shuningdek xorijiy tahliliy va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib borish.