Joriy yilning 4-5 iyun kunlari Toshkent shahrida «Yoshlar kelajak bunyodkori» shiori ostida «Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollar» mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada SMTI yetakchi ilmiy xodimi A.Najimov «Uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashda jaxon tajribasi» mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra A.Najimov «Eng yaxshi ilmiy tezis» yo‘nalishida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Tadbirda mamlakatimizning turli vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislari, yosh olimlar, shuningdek, Rossiya, Turkiya, Germaniya hamda qator xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.