Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari Turkiy Kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etdi, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sammitda savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uning natijalari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
Yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini kelgusi yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.