O‘zbekiston-Amerika parlamentlari muloqoti bo‘lib o‘tdi

2020-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va AQSh bilan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha parlament guruhi a’zolari AQSh Kongressining “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” (do‘stlik guruhi) hamraislari va a’zolari bilan videokomuloqot o‘tkazdi.

Unda “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning raisi T.Kelli, guruhning a’zosi bo‘lgan yana oltita kongressmenlar, Kongress stafferlari, AQSh ma’muriyati vakillari ishtirok etdi.

Videomuloqotda O‘zbekiston-Amerika hamkorligining holati va istiqbollari, bunda, eng avvalo, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kongressmenlar O‘zbekiston Prezidentiga yuksak hurmat va ehtiromini bildirib, Prezident Sh.Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yuqori baholadi. Ularning fikricha, bugungi kunda butun dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolarning O‘zbekistonda samarali bartaraf etilishi, avvalo, so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Muloqot chog‘ida Kongress a’zolari AQSh O‘zbekiston rahbariyatining ichki va tashqi siyosat, shuningdek, mustaqillik, suverenitetni mustahkamlash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashishini ta’kidladilar.

Amerika tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishini qayd etdi. Xususan, “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” (do‘stlik guruhi) O‘zbekiston-Amerika strategik sherikligini mustahkamlashning muhim qismlaridan biridir, deya ta’kidlashdi.

Kongressmenlar O‘zbekistonning dasturlari va loyihalarini, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga erishish, davlat boshqaruvini yanada modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, jamiyatni demokratlashtirishga yo‘naltirilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar bundan keyin ham parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba