SMTIda YeXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 20 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida (SMTI) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ishtirokchilar o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator mavzularni muhokama qildilar. SMTI va YeXHT o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatdoshlar YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori idorasi bilan hamkorlik yildan-yilga yanada samaraliroq bo'layotganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bunga yaqin aloqalar va konstruktiv muloqot yordam bermoqda.

2022-yil 3-4-mart kunlari BMTning Markaziy Osiyoda Global aksilterror global strategiyasini amalga oshirishga bag‘ishlangan oliy darajadagi anjumanning birgalikda o‘tkazilishi bunga misoldir. Bundan tashqari, joriy yilning 14-may kuni qaytganlarni reablitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va bu mintaqada umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirib, bu boradagi ishlarni institutsionalizatsiyalash imkonini berdi.

Shu bilan birga, janob Antti Karttunen YeXHT xavfsizligining barcha uch tamoyili – harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ekologik va gumanitar yo‘nalishlarda samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etdi. Elchi, shuningdek, Institutning ekspert salohiyatini yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikning keyingi istiqbollarini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, iqlim oʻzgarishiga moslashish, transport aloqasini rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini oshirish va yashil energiyani joriy etish boʻyicha qoʻshma amaliy tadbirlarni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.