29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ilmiy xodimlari ishtirokida iqtisodiyot sohasida tahliliy hujjatlarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilar zamonaviy iqtisodiy tendentsiyalarni o‘rganishda qo‘llaniladigan tahlil va prognozlashning zamonaviy usullari bilan tanishtirildi.
Mamlakatda eng dolzarb masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish shakllari, shuningdek, turli iqtisodiy jarayonlarni prognozlash mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi.