Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ta’kidlash joizki, Vengriya 2018-yildan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.