Berlinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hodimlari va Konrad Adenauer Jamg’armasining Evropa va xalqaro hamkorlik departamenti vakillari, Frank Priss va Evelin Gaizer, o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Konrad Adenauer Jam’armasi 1955 yilda tashkil topgan bo’lib, o’zining printsiplariga ko’ra, Germaniya Federativ Respublikasining etakchi siyosiy partiyalaridan biri bo’lgan – Xristian Demokratik Ittifoqi pariyasiga yaqin. Jamg’armaning asosiy maqsadlari – demokratiya, qonun ustuvorligi va ijtimoiy bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’maklashishdir. Jamg’arma dunyodagi 120 dan ortiq mamlakatlarida 70 dan ziyod vakolatxona va loyihalarga ega.
Uchrashuv davomida SMTI hodimlari O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish doirasida keng ko’lamli islohotlar va o’zgarishlarning dolzarb natijalari haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek tomonlar dunyoning muhim mintaqalarida vaziyatning rivojlanish tendensiyalari, xalqaro munosabatlar tizimida barqarorlikni saqlash muammolari bo’yicha fikr almashishdi. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligidagi ijobiy o’zgarishlar va Yevropa Ittifoqi bilan ko’p qirrali aloqalarni kengaytirish uchun imkoniyatlar ochilishi ta’kidlandi.
Adenauer fondi vakillari SMTI bilan hamkorlikni rivojlantirish, qo’shma tadqiqot dasturlarini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, siyosiy tahlil bo’yicha treninglar o’tkazishga qiziqish bildirdi.
Oldingisi
Berlinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari Fridrix Ebert nomidagi jamg’armaning Markaziy va Sharqiy Yevropa bo’limi vakillari Daniel Reichart va Sonja Shirmbek bilan uchrashuv o’tkazdi.
08.10.2018