O‘zbekiston Respublikasi PREZIDENTI HUZURIDAGI STRATEGIK VA MINTAQALARARO TADQIQOTLAR INSTITUTI

Ko'rinish

A
A
A

Shrift razmeri

0% ga kattalashtirish
  • O'z
  • Ўз
  • Ру
  • En
  • SMTI
    • SMTI haqida
    • Rahbariyat
    • Bizning ekspertlar
    • Bog'lanish
  • Voqealar
    • SMTI yangiliklari
    • Xorijiy ekspertlar fikri
    • Xalqaro hamkorlik
    • O'zbekiston yangiliklari
    • Xorijga tashriflar
  • Nashrlar
    • Maqolalar
    • SMTI ekspertlari sharhlari
    • Tahliliy dokladlar
    • Kitoblar
    • Monografiyalar
    • Taqrizlar
  • O'zbekiston va MO OAV nigohida
  • Fotogalereya
  • Sayt xaritasi
    • Davlat ramzlari
    • Tadbirlar
    • Videogalereya
    • Yosh analitiklar klubi
    • Ekspertlar
  • Bosh sahifa
  • SMTI yangiliklari

14.11.2025
Chop etish

Keyingisi

SMTIda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

SMTIda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

14-noyabr kuni SMTIda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida "Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy-tadqiqot hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.14-noyabr kuni SMTIda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida "Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy-tadqiqot hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi diplomatik missiyalari rahbarlari va xodimlari, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, BMT va YXHTning Oʻzbekistondagi loyiha koordinatorlari ofislari, shuningdek, milliy tahliliy va akademik muassasalarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, hisobot Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlar hamjamiyatining birinchi qo‘shma mahsuloti bo‘ldi. U munozarali ilmiy tadqiqot shaklida tayyorlangan bo‘lib, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda o‘tgan yetti yil davomida turli ekspertlik maydonlarida bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijalari o‘z ifodasini topgan. Ma’ruza loyihasi joriy yilning 14-15 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 8-Markaziy Osiyo ekspertlar forumida ham muhokamaga qo‘yildi. Hujjat mintaqaviy hamkorlikning avvalgi tajribasini umumlashtirishga qaratilgan retrospektiv tahlilni, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. Taqdim etilgan ma’ruza tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi. O‘zbekiston tomonining tashabbusi muhimligi va o‘z vaqtida ilgari surilgani alohida ta’kidlandi.

15.11.2025

Foydali manbalar

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI MATBUOT XIZMATI
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI PORTALI
  • YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALI
  • O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI

Voqealar taqvimi

© 2021 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

  • SMTI haqida
  • Davlat ramzlari
  • Ekspertlar
  • Sayt xaritasi
  • Facebook
  • Youtube
  • Twitter

Saytdagi xabarlardan foydalanish uhun "isrs.uz"ning yozma roziligi olinishi shart!