O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Qozog’iston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi Kanat Nurpeisov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda o’zbek-qozoq munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro munosabatlardagi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ta'kidlaganidek, bugungi kunda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarda faol rivojlanmoqda. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik kengaymoqda va chuqurlashmoqda.
Shu bilan birga, SMTI va Qozog'istonning O'zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi o'rtasidagi yaqin aloqalar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga sezilarli hissa qo'shayotganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, O'zbekiston va Qozog'istonning tahlilchi-ekspert va ilmiy-akademik doiralari o’rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish hamda 2019 yilga mo'ljallangan hamkorlikdagi qator maxsus loyihalar muhokama etildi.
Keyingisi
SMTIda AQSH diplomatlari bilan uchrashuv bo’ldi
O’zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida AQShning O'zbekistondagi muvaqqat ishonchli vakili Alan Meltser bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, O'zbekiston-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
05.02.2019