2018 yilning 18 yanvar kuni “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar ishtirokini ta’minlashning dolzarb vazifalari: ilg‘or g‘oyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ma’ruza bilan chiqish qildi. Jumladan, u tadbir ishtirokchilarining e’tiborini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim jihati, yani aholi va umuman mamlakat hayotiga oid qabul qilinayotgan qarorlar xalq bilan bevosita muloqot asosida hamda jamoatchilik fikri inobatga olgan holda qabul qilinayotganiga qaratdi.