Davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammitining asosiy tadbirlari boshlandi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni samimiy qutladi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokarasi boshlandi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Manba