Fitch Ratings: 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan O‘zbekiston holi bo‘ladi

«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobоtini chop etdi. Hisobоtda xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bahosini VV- (barqaror) darajada saqlab qoldi.

«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, 2020-yildagi iqtisodiy tanazzullardan holi bo‘ladi. O‘sish surʼatlarining 2020-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha 0,2 foizga pasayishidan so‘ng, yil yakunida 0,5 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, fiskal choralar orqali iqtisodiyotda isteʼmol va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va asosiy savdo sheriklar iqtisodiyotining tiklanishi evaziga 2021-2022-yillarda respublikada iqtisodiy o‘sish 5-5,5 foizni tashkil etadi.

Mustahkam hukumat balansi, moʻtadil davlat qarzi darajasi va o‘sish surʼatlari O‘zbekiston suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillar sifatida sanab o‘tilgan.

COVID-19 global pandemiyasi davrida O‘zbekiston reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi. Oltinning yuqori narxi eksport, davlat moliyasi va xalqaro zaxiralar hajmiga ijobiy taʼsir etdi. Agentlikning fikricha, mustahkam tashqi va fiskal buferlar joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi.

Manba