“Iqlim o’zgarishi sharoitida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini va atrof-muhitni suv bilan ta’minlash” mavzusida xalqaro anjuman

SMTI xodimi Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo suv xo’jaligi tashkilotlari tarmog’i (СВО ВЕКЦА) tomonidan tashkil etilgan “Iqlim o’zgarishi sharoitida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini va atrof-muhitni suv bilan ta’minlash” (6-7 noyabr, Toshkent) mavzusida xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo suv xo’jaligi tashkilotlari tarmog’i 2008 yil 11 dekabrda Moskva shahrida tashkil topgan. Tashkilotning asosiy maqsadi suv resurslarini boshqarish boyicha fikr-mulohazalar, tajriba va ma’lumot almashish. Tarmoq Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК), OAJ “Vodstroy” (RF), Rossiya Federatsiyasi Hukumati va BMT YEIK ning qo’llab-quvvatlashi, Xalqaro havza tashkilotlari tarmog’i bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Tadbir davomida o’zgaruvchan iqlim sharoitida erlarning meliorativ holatini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini va atrof-muhitni suv bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilish yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda SMTI bosh ilmiy xodimi N.Shohimardonova “Orol inqirozini yumshatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining tashabbuslari’ mavzusida chiqish o’qidi.

 

Anjuman yakunida ishtirokchilar suvni tejash va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanishda mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligi to’g’risida kelishib oldilar.