Shu yilning 20 fevral kuni SMTIda Hayfa shahrining Xalqaro maslahatlashuv markazi direkori Vadi Abdunassar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida O’zbekiston va Isroil o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan V.Abdunassarni ta’kidlashicha, O’zbekistonda harakatlar strategiyasi doirasida o’tkazilayotgan islohotlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlanishi yo’lida ijobiy sharoitlar yaratmoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan choralar yuqori baholandi. V.Abdunassar fikricha, O’zbekistonning ochiq pragmatik mintaqaviy siyosati, ko’p tomonlama konstruktiv hamkorlikning rivojolanishiga imkon yaratayotgani dunyo hamjamiyati tomonidan ijobiy baho berilayotganligidan dalolat bermoqda.
Suhbat davomida, O’zbekiston va Isroil o’rtasida, meditsina, ta’lim va turizm sohalarida, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanishga mo’ljallangan texnologiyalarini tadbiq etish istiqboldagi asosiy rejalar ekanligi ta’kidlab o’tildi.
Uchrashuv yakunida isroillik mutaxassisning ta’kidlashicha ikki davlat tahliliy markazlari o’rtasida turli masalalar yuzasidan fikr almashishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil qilinishi o’zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berishiga zamin yaratadi.