O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi.
Ushbu kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi.
Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
Manba