2024-yil 26-oktyabr kuni "Yangi Markaziy Osiyo: global transformatsiyalar davrida xavf-xatarlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida SMTI direktori Eldor Aripovning Kaspiy siyosati Markazi ijrochi direktori va boshqaruv a’zosi Efgan Nifti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mintaqaviy hamkorlik va Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash, transport va energetika yoʻlaklarini, jumladan, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar va SMTI va Kaspiy siyosati markazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirdilar.
Efgan Nifti Kaspiy siyosati markazining ijrochi direktori va boshqaruv kengashi a'zosi hisoblanadi. Ilgari u Jorjtaun universitetida ilmiy xodim va Ozarbayjon Diplomatik akademiyasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Jorjtaun universiteti va Jorj Vashington universitetlarida xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik boʻyicha ilmiy darajaga ega.