Videokonferensaloqa shaklidagi Markaziy Osiyo davlatlari ekspertlari uchrashuvi to‘g‘risida

2020-yilning 17-avgust kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari darajasida videokonferensiya shaklida navbatdagi ekspertlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2020-yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari batafsil ko‘rib chiqilib hamda bildirilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Manba