O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga tashrif bilan boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19-noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga boradi.

Ikki mamlakat yetakchilari Moskva shahrida muzokara o‘tkazadilar, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ham ko‘zda tutilgan.

Tashrif arafasida Moskvada O‘zbekiston va Rossiya ikkinchi Ta’lim forumi va navbatdagi Hududlararo hamkorlik forumining qo‘shma tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Manba