O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoni yanada ko‘paytirish, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Manba