O‘zbekistonning transmintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikka erishish bo‘yicha saʼy-harakatlari Yevropa ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi xorij ommaviy axborot vositalari diqqat markazida turibdi.

Shu munosabat bilan ushbu mavzuga oid ekspertlar baholari va tahliliy materiallar chop etilmoqda.

Mazkur jarayonda, ayniqsa, o‘zbekistonlik tahlilchilarning mamlakatimiz tomonidan keng miqyosdagi transmintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni  shakllantirish bo‘yicha ilgari surilayotgan strategiyaning mohiyati haqidagi fikr-mulohazalari alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Shu maʼnoda, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Akromjon Neʼmatov va institutning yetakchi ilmiy xodimi Azizjon Karimov maqolasi dunyoning qator ommaviy axborot vositalari sahifalarida chop etildi.

O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boradigan "Diplomat Magazine" jurnali (Gollandiya) ushbu mavzuni yoritgan navbatdagi nashr bo‘ldi.

Jurnalning elektron versiyasida eʼlon qilingan maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://diplomatmagazine.eu/2021/06/30/uzbekistans-strategy-for-building-greater-trans-regional-connectivity/.

 

Manba