Pekinda O’zbekiston tashabbuslari taqdimoti bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, O’zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi hamda Xitoy xalqaro munosabatlar akademiyasi (CIIS) bilan birgalikda Pekinda “«Bir makon, bir yo’l”: O’zbekiston uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida taqdimot o’tkazildi.

Tadbir davomida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan shu yilning aprel oyida «Bir makon, bir yo’l» ikkinchi xalqaro forumi doirasida ilgari surilgan tashabbus va loyihalar mazmun-mohiyati yuzasidan taqdimot qilindi.

Bunda asosiy e’tibor transport va kommunikatsiya, “aqlli” qishloq xo’jaligi, energiya tejovchi texnologiyalar va turizm sohalaridagi hamkorlikka qaratildi.

Taqdimot doirasida SMTI va CIIS  o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga kelishdilar. Shu maqsadda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, o’zbekistonlik mutaxassislari Xitoy tadqiqot institutlarining malaka oshirishi dasturlarida ishtirokini ta’minlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birgalikda o’zbek delegatsiyasi XXR yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida uchrashuvlarda ishtirok etishdi.