Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida bo‘ldi.
Islomobod shahridagi majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007 yilda ochilgan. Yodgorlikning shakli gul barglariga o‘xshaydi. To‘rtta yirik barg Pokistonning to‘rt provinsiyasini ifodalaydi. E’tiborlisi, majmua boburiylar memorchiligi an’analari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor.
Davlatimiz rahbariga majmuadagi suratlar tarixi haqida so‘zlab berildi.