Prezident Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbarlarining uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Ashxoboddagi “Turkmanboshi ruhi” majmuasida xotira tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Manba