O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisidaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbarining maktubida mamlakatlarimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat xalqlarimiz farovonligi yo‘lida har tomonlama ro‘yobga chiqishiga ishonch bildirilgan.