AQSHning The New York Times gazetasi bugungi sonida Oʻzbekistonda boshlangan test sinovlariga bagʻishlab fotoreportaj berdi.
“Oʻn minglab yoshlar chorshanba kuni universitetlarga kirish imtihonlarini koronavirus pandemiyasi sababli ochiq havoda topshirish uchun butun Oʻzbekiston boʻylab sport arenalariga yoʻl olishdi” deyiladi maqolada.
Unda 1,4 milliondan ortiq abituriyentlar stadionlar, ularning yugurish yoʻlaklaridagi stollarda sinovlarni topshirayotgani taʼkidlangan.
“Chorshanba kuni ertalab Toshkentdagi stadionlardan biridagi test topshirish jarayonida yuzlab yigit-qizlar niqob kiyib qatnashdilar. Soyada oʻtirganlar uchun ob-havo qulay edi, boshqa sinovchilar oʻzlarini toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoya qilish uchun kiyim va qogʻozlardan foydalanishdi” deb yozadi nashr.