Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29-mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi bilan birga mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbari hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berildi.

Ta’kidlash joizki, bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chog‘ida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan birinchi shunday marosim bo‘ldi va kelgusida an’anaga aylanadi.

Manba