Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Oliy martabali mehmonni aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Manba