Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Bobur Usmanov Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi harbiy attashesi Navid Ahmad Xon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, SMTI va Pokiston ilmiy-akademik va tahliliy markazlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Har ikki tomon kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun o'zaro amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.