SMTIda Koreyaning Xalqaro iqtisodiy siyosat instituti (KIMEP) ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Suhbat davomida O'zbekiston-Koreya munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, O'zbekistonning JSTga a’zo bo’lish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek SMTI va KIMEP o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha fikr almashildi.
Tomonlar muhokamalar jarayonida O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniniga alohida e’tibir qaratdilar. Ta'kidlanishicha, bugungi kunga qadar O'zbekistonning ushbu savdo tashkilotiga kirishi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. Koreya tomoni eng yuqori darajada erishilgan kelishuvlar va hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" doirasida O'zbekistonga ushbu tashkilotga kirishda yordam beradi.
Majlisda Toshkentda "O'zbekiston Respublikasining JSTga kirishini iqtisodiy jihatdan baholash (qishloq xo'jaligida)" mavzusidagi seminarga tayyorgarlik va uni o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonning JSTga kirishi bo'yicha muzokaralar jarayonini engillashtirish bo'yicha aniq qo'shma harakatlarga kelishib olindi.
KIMEP 1989 yilda davlat ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi Janubiy Koreya hukumatini axborot-tahliliy qo'llab-quvvatlash va xalqaro iqtisodiyotning muhim masalalari bo'yicha maslahat berishdan iborat. Osiyodagi tadqiqot institutlari reytingida etakchi o'rinni egallaydi. Faoliyati jahon savdosi va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik masalalarini qamrab olgan ushbu institut 1995 yilda Koreya Respublikasining JSTga kirishida muhim rol o'ynadi.