23-may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo Tadqiqotlar Institutida Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha ishchi guruhi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Muzokarada O'zbekistonning mintaqaviy siyosati, Afg'oniston muammosini hal qilishdagi rasmiy Toshkent pozitsiyasi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Yevropa Ittifoqi vakillari O'zbekistondagi keng ko'lamli o'zgarishlarni yuqori baholadilar. Ayniqsa, O'zbekistonning ochiqlik siyosati mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga yordam berishiga alohida urg’u berib o’tildi. Ishchi guruh vakillari, O’zbekistonning inson huquqlarini va aholi barcha qatlamlarining manfaatlarini himoya qilish, biznes muhitini yaxshilash hamda investitsiya kabi muhim sohalarda yirik muvofaqqiyatlarga erishilganligini ta’kidlab o’tdilar. Keng ko’lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish O'zbekistonning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.
Uchrashuv so’ngida, ishchi guruh mutaxassislari o’zaro fikrlar almashinuvi uchun imkon bergan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.