Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida "Ko‘ksaroy" qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Ushbu ezgu an’ana O‘zbekiston-YI munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi muzokaralarning natijalarini mustahkamlaydi.
Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahri tarixiy-me’moriy obidalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning mamlakatimizga tashrifi yakunlanadi.