Davlatimiz rahbari Xo‘jand shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida 11-iyun kuni Dushanbedan Xo‘jandga keldi. 

Oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Xo‘jandda davlatimiz rahbari tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroport va ko‘chalarda jamoatchilik vakillari Prezidentimizni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Ikki mamlakat yetakchilari qisqa uchrashuv o‘tkazib, birgalikda Xo‘jand yaqinidagi "Arbob" madaniyat saroyiga yo‘l oldilar.

Manba