SMTI direktori JIDUda ma’ruza qildi

30-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning "Markaziy Osiyo: transchegaraviy tahdid va xatarlar" mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarga Markaziy Osiyo mintaqasi rivojlanishining asosiy tendensiyalari, hozirgi vaqtda mintaqa mamlakatlari duch kelayotgan yangi muammolar va imkoniyatlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Markaziy Osiyoda, shu jumladan mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi O‘zbekistonning ustuvor yo‘nalishlari doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikning mavjud mexanizmlarini yanada takomillashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’ruza mavzusi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv davomida talabalar faol ravishda savollar berishdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi, bu esa jonli va qiziqarli munozaralarga sabab bo’ldi. Tadbir yakunida SMTI xodimlari va JIDU talabalari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.