Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdilar.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.