Joriy yilning 1 iyun kuni Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy-tadqiqot instituti (IFPRI) tashabbusi bilan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat tizimlari va oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha xalqaro konferentsiya bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari ishtirok etdilar.
Konferentsiyada Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.Norov O'zbekiston Respublikasi tomonidan “Harakatlar strategiyasi” doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borayotgan siyosati to'g'risida ma'ruza qildi.
Davra suhbatida- aholini sifatli meva va sabzavot mahsulotlari bilan ta'minlash sharoitida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi global va mintaqaviy muammolar va tahdidlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan oqilona foydalanish masalalari bo'yicha zamonaviy tendensiyalar kabi mavzular muhokama qilindi.