2018 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo institutida Markaziy Osiyodagi preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT Mintaqaviy markazining (MOPDMM) rahbari, Bosh Kotibning mahsus vakili N.M.German va MOPDMM vakili N.Xudayberganov bilan Institut Direktori V.I.Norovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida MOPDMM rahbari davlat qurilishida yangi davr hisoblanmish O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoy-madaniy va boshqa sohalardagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan islohatlarning yuqori darajada saqlanib qolishi va O‘zbekistonning yaqin yillardagi rivoji Markaziy Osiyodagi o‘z o‘rinini mustahkamlashga kafolatdir.
SMTI va MOPDMM o‘rtasida yaqin va mahsulli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchrashuvning markaziy mavzularidan biri bo‘ldi. Bu borada tomonlar birga ishlash uchun o‘zaro niyatlari borligini ta’kidlab o‘tdilar, shuningdek, manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda, hamda Markaziy Osiyoning tadqiqot markazlarining ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish istiqbollarini muhokama qildilar.