— Yig‘ilish turkiy davlatlardagi yetakchi tahliliy markazlari mutaxassislari bilan samarali muloqot olib borish va kelgusi hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Bu yerda olingan ma’lumotlar hammamiz uchun juda muhim.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘ziga xos muloqot maydoniga aylandi. Toshkentning o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishga nisbatan ochiq yondashuvi har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun asos bo‘lmoqda.
Ayni dam Budapesht TDTga ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash uchun samarali vosita sifatida qaramoqda.