O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.

Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Asosiy e’tibor Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va ta’lim sohalariga oid qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba