O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaning VTB banki bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikdagi imkoniyatlarni qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan “VTB” banki prezidenti – boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz korxonalarining Rossiyadagi eng yirik bank institutlaridan biri bilan o‘zaro manfaatli investitsiyaviy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Forum doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining loyihalari uchun 1 milliard dollarlik kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi birinchi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, industriallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni kengaytirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Amaliy hamkorlikni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba